Sinelnikov atlasi: Odam anatomiyasi
Bu kitob to‘plami — tibbiyot olamida eng nufuzli va ishonchli anatomik atlaslardan biri hisoblanadi. Mualliflar: Rafael Davidovich Sinelnikov, Aleksandr Yakovlevich Sinelnikov va Yakov Rafaelovich Sinelnikovlar tomonidan yaratilgan.
📌 Atlas to‘liq va aniq anatomik tasvirlar, yirik detalizatsiya va yuqori sifatli rangli illyustratsiyalar bilan ajralib turadi. Unda inson tanasining barcha tuzilmalar: suyaklar, mushaklar, nerv tizimi, yurak-tomirlar tizimi, nafas olish va hazm a’zolari, endokrin organlar, jinsiy a’zolar va boshqa tizimlar izchil ravishda bayon etilgan.
📌 Kitob tibbiyot oliygohlari talabalari, rezidentlar, shifokorlar hamda tibbiy yo‘nalishdagi ilmiy xodimlar uchun qimmatli qo‘llanma hisoblanadi. U o‘quv jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliyotda esa aniq anatomik yo‘nalishlarni belgilashda yordam beradi.
📌 Kitobning A4 formati, 21×30 sm o‘lchami va 2,5 sm balandligi undan qulay foydalanish imkonini beradi. Sahifalardagi aniqlik, ilmiy asoslangan sharhlar va illyustratsiyalar materialni oson o‘zlashtirishga imkon beradi.

