• Sovg'a uchun ideal
• Terida 6-8 soat, kiyimda 2-5 kun turadi
• Yengil, sitrusli hid
• 10 ml flakon 10-14 kunlik faol foydalanish uchun etarli
Molecule 02 an’anaviy ko‘p notali kompozitsiyalardan farq qiladi. Bu atirda asosiy e’tibor bitta aromatik molekulaga — Ambroksanga qaratilgan. Ambroksan tabiiy ambra hidining zamonaviy sintetik talqini bo‘lib, u iliq, toza va biroz yog‘ochsimon taassurot beradi. Shu sababli atir juda soddadek tuyuladi, lekin aynan soddalik uning kuchi hisoblanadi.
Bu atir sepilgandan so‘ng darhol kuchli portlash bermaydi. Aksincha, u teri bilan uyg‘unlashib, asta-sekin ochiladi. Ba’zi odamlar uni o‘zlari kam sezishi mumkin, lekin atrofdagilar yoqimli va tabiiy hidni aniq payqashadi. Molecule 02 intim radiusli, ya’ni yaqin masofada chiroyli seziladigan atir hisoblanadi.
U erkaklar va ayollar uchun mos (unisex). Ofis, kundalik yurish, uchrashuv yoki issiq ob-havoda ayniqsa yaxshi ishlaydi. Issiq havoda salqinroq, sovuq havoda esa iliqroq taassurot beradi. Shlefi baland emas, lekin chidamliligi yaxshi — terida uzoq vaqt saqlanadi. Minimalizmni, toza hidni va ortiqcha shovqinsiz jozibadorlikni yoqtiradiganlar uchun juda mos tanlov.

