Kirke — italyan niche brendi Tiziana Terenzi tomonidan 2015-yilda taqdim etilgan erkaklar va ayollar uchun atir hisonlanadi. Kirke — bu atirdan ko‘ra his-tuyg‘ularning ifodasi bo‘lib, uning noyob aroma kombinatsiyasi foydalanuvchiga yoqimli va esda qolarli taassurot qoldiradi.

Tiziana Terenzi Kirke - klassik mevali yoki shirin hidlardan farqli ravishda sirli, chuqur va dramatik kayfiyat bilan ajralib turadi, bu oddiy parfumlardan sezilarli darajada farqlidir.
Yuqori notalari: Shaftoli, nok, malina, qora smorodina barglari va issiq qum notasi. Bu qism atirga suvli va shirin kayfiyat beradi.
O‘rta notalari: Vodiy nilufari. Bu nota mevalarning shirinligini biroz yumshatadi va nafislik qo‘shadi.
Asosiy notalari: Mushk, vanil, sandal daraxti. Aynan mushk va vanil bu atirning asosi bo‘lib, uni o‘ta chidamli qiladi.
Kirke — bu o‘ziga ishongan, jasur va biroz sirli insonlarning ifori. Agar siz "xarakterli" atir qidirayotgan bo'lsangiz, uni albatta kolleksiyangizga qo'shishingiz kerak.

