• Shirin xidni yaxshi ko'ruvchilar uchun yaxshi tanlovlardan biri
• Fransiya mahsuloti
• Siz xohlagan hajmda
• Kechki tadbirlar va unutilmas lahzalar uchun yaxshi atirlardan biri
Good Girl Carolina Herrera — ushbu atir 2016-yilda taqdim etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi va Carolina Herrera brendining eng tanilgan asarlaridan biriga aylandi. Good Girl oddiy hid emas, balki qarama-qarshiliklar uyg‘unligidan yaratilgan murakkab va ta’sirchan kompozitsiyadir.

Good Girl - zamonaviy parfumeriya olamida o‘ziga xos o‘rin egallagan, xarakter va jozibani bir hidda mujassam etgan atirdir.
Yuqori notalar: Bodom, kofe, limon va bergamot. Atir sepilganda birinchi bo‘lib kofe va bodomning shirin, biroz achchiqroq hid seziladi.
O‘rta notalar: Yasmin sambak, oq gul, oris, bolgar atirguli va apelsin guli. Bu qism iforga boy ayollik nafosatini va "shohona" gullar hidini qo‘shadi.
Asosiy notalar: Tonka loviyasi, kakao, vanil, shirinlik, sandal daraxti, amber, mushk va kashmir daraxti. Aynan mana shu qism atirni juda shirin, "mazali" va issiq qiladi.
Good Girl - agar siz atrofingizdagilarni hayratda qoldiradigan, shirin ifor qidirayotgan bo‘lsangiz, Good Girl — eng to‘g‘ri tanlov.

