• Erkaklar va ayollar birday ishlatsa bo'ladigan
• Fransiya mahsuloti
• Siz xohlagan hajmda
• 4 ta faslga ham mos keladigan atir
Ganymede — Fransiyalik Marc-Antoine Barrois brendi tomonidan 2019-yilda taqdim etilgan erkaklar va ayollar uchun mo'ljallangan atir xisoblanadi. Uni sepadigan inson boshqalardan ajralib turadi. Atir 2020-yilda parfyumeriya olamidagi "Oskar" - FiFi Awards mukofotini qo'lga kiritgan. Bu atir qisqa vaqt ichida dunyodagi eng ko‘p muhokama qilinadigan va orzu qilinadigan niche atirlardan biriga aylandi.

Ganymede Marc-Antoine Barrois — bu klassik gullar yoki oddiy sitrusli atirlardan juda farq qiladigan, mineral, teri-zamsh va murakkab yog‘ochli elementlarga asoslangan atir hisoblanadi.
Yuqori notalari: Italiya mandarini va safran. Mandarin bu yerda shirin emas, balki juda yangi va o'tkir, safran esa unga metallsimon tus beradi.
O‘rta notalari: Binafsha barglari va osmantus. Binafsha barglari atirga yomg'irdan keyingi havo hissini qo'shsa, osmantus o'rik va yumshoq charm hidini eslatadi.
Asosiy notalari: Mineral notalar. Aynan mana shu qism atirga uning eng mashhur "porloq metall" kabi hidini beradi.
Ganymede — klassik, ommabop hidlar bilan cheklanmaydigan, o‘zini boshqalardan ajratishni istaganlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy va individual ifor.

