Chanel Chance Eau Splendide — bu 2025-yilda Chanel mo'jizakor parfyumeri Olivye Polj tomonidan yaratilgan va dunyo yuzini ko'rgan mashhur Chance turkumidagi eng yangi, yorqin va maftunkor ayollar atiridir. Ushbu ifor o'zining gulli-mevali yo'nalishi va o'ziga xos fransuzcha nafisligi bilan ajralib turadi.

Iforning o'ziga xosligi — xushbo'y malina rezavori hamda Grass maydonlarida yetishtirilgan atirgul-geranining nafis uyg'unligidadir.
Yuqori notalar: Malina akkorti, Atirgul, Violetta, Shaftoli. Purkalganda sersuv va shirin malina hamda gullarning yengil va tetiklashtiruvchi jozibasi seziladi.
O‘rta notalar: Atirgul gerani, Iris gullari. Yurak notalarida biroz pudrasimon iris hamda biroz yalpizli tarovatga ega atirgul-gerani ochiladi.
Asosiy notalar: Oq musk, Kedr yog'ochi. Shleyfda esa nafis va toza oq musk hamda salobatli kedr yog'ochi birlashib, chidamlilik va asillik beradi.

