• 4 ta faslga ham mos keladigan atir
• Fransiya mahsuloti
• Siz xohlagan hajmda
• Davomiyligi 2 kun va undan ko'p
Born in Roma Extradose Donna — Valentino brendining ayollar uchun mo‘ljallangan yangi parfumi bo‘lib, 2025‑yilda chiqarilgan. Bu Born in Roma liniyasining yanada intensiv, boy va hissiy talqini bo‘lib, vanillaning qo‘shimcha konsentratsiyasi bilan kuchaytirilgan shirin, jozibali ifor hisoblanadi. Rim shahridagi tunning hissiyotini aks ettirish: mevali yangi ochilish, issiq va murakkab o'rta qismi, nihoyat boy vanillali baza orqali zamonaviy, o‘ziga ishongan ayollar uchun mos tanlov xisoblanadi.

Bu atir sovuqroq ob‑havoda, ayniqsa kuz va qish mavsumlarida juda yaxshi ochiladi — uning vanillali, iliq, shirin va boy notalari sovuq havoda yanada chuqurroq va samimiyroq ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqori notalari: Qora smorodina, u atirning boshlanishida mevali, shirin va ozgina likyorli ta’sir beradi hamda birinchi lahzada e’tiborni tortadi.
O‘rta notalari: Rom, u hidga iliq, eksotik va romantik kayfiyat beradi, atirning markaziy hissini tashkil etadi.
Asosiy notalari: Madagascar bourbon vanillasi, u hidga shirin, kremli va uzoq davom etuvchi barqarorlik beradi hamda atirning oxirgi, unutilmas taassurotini yaratadi.
Bu atir Extradose mahsulot bo‘lgani uchun u yuqori konsentratsiyaga ega — bu kuchli hid tarqalishi va uzoq davomiylik beradi. U kechki chiqishlar, romantik uchrashuvlar yoki maxsus tadbirlar uchun eng to'g'ri variantdir.

