• Siz xohlagan hajmda
• Vanilli shirin atirlarni yaxshi kuradiganlar uchun yaxshi tanlov
• Fransiya mahsuloti
Black Opium — bu ayollar atiri bo‘lib, 2014-yilda chiqarilgan. Bu atirning asosiy jozibasi — undagi qahva va vanil uyg‘unligi. Birinchi sepganingizda nok va apelsin guli hidi keladi, lekin oradan biroz o‘tgach, yasemin va qora qahva notalari kuchli sezila boshlaydi. Aynan shu qahva notasi Black Opiumni boshqa atirlardan farqlab turadi. U oxirida esa vanil va yog‘ochsimon notalar bilan yumshoq, issiq va jozibali bo‘lib qoladi.

Bu atir ko‘proq kechki paytlar, uchrashuvlar yoki tadbirlarga juda mos. Ayniqsa kuz va qishda juda chiroyli ochiladi, chunki u issiq, shirin va ozgina “dark” xarakterga ega.
Yuqori notalari: Atirni birinchi sepganingizda darrov nokning yengil shirinligi, apelsin gulining nozik, toza hidi va biroz achchiqroq, lekin juda yoqimli “pink pepper” turtkisi seziladi. Aynan shu uchlik — nok, apelsin guli va pushti murch — atirga dastlabki joziba va ilk lahzadanoq o‘ziga tortadigan yorqin ochilish beradi.
O‘rta notalari: Atirning o‘rta notalariga o‘tganda, hid yanada chuqurlashib, yaseminning nozik gullari va qora qahvaning boy, achchiq-shirin aromasi kuchli sezila boshlaydi. Aynan shu yasemin va qahva uyg‘unligi atirga o‘ziga xos joziba, iliqlik va biroz mistik ruh bag‘ishlaydi.
Asosiy notalari: Atirning eng oxirgi — asosiy notalarida esa vanilning issiq shirinligi, pachulining chuqur yer hidiga o‘xshash ohangi va sadr yog‘ochining sokin, barqaror yog‘ochsimon aromasi asta-sekin terida qolib, uzoq vaqt davomida yumshoq, jozibali va iliq iz qoldiradi.

