• Erkaklar va ayollar bir vaqtning o'zida ishlatoladigan
• Fransiya mahsuloti
• Siz xohlagan hajmda
• Maxsus tadbirlar va kundalik foydalanish uchun yaxshi tanlovlardan biri
Baccarat Rouge 540 — fransuz perfumeri Francis Kurkdjian tomonidan 2015-yilda ishlab chiqarilgan erkaklar va ayollar atiri hisoblanadi. Baccarat Rouge 540 - nafislik va zamonaviy didning ifodasidir. Shu sababli u nafaqat mashhur, balki zamonaviy parfyumeriya tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan atir sifatida ta'riflanadi.

Baccarat Rouge 540 — bu issiq, yorqin va o‘ziga xos hidga ega atir hisoblanadi, unda amberli iliqlik, yengil shirinlik va quruq yog‘ochsimon ohang uyg‘unlashgan.
Yuqori notalari: Za’faron va yasmin. Za’faron unga o‘ziga xos achchiq, biroz metallsimon va qimmatbaho tus beradi.
O‘rta notalari: Yog'ochli ambra va kulrang ambra. Bu notalar atirning eng muhim qismi hisoblanadi.
Asosiy notalari: Kedr daraxti. Bu iforga barqarorlik va chuqurlik beradi.
Baccarat Rouge 540 — bu hashamatli, chuqur va murakkab atir bo‘lib, uning yorqin va uzoq saqlanadigan hidi ko‘plab atir ixlosmandlari orasida mashhur va zamonaviy tanlovga aylantirgan. U nafaqat shirin, balki g‘ayrioddiy sifatlari bilan ham ajralib turadi. Agar siz noodatiy, hashamatli va kuchli iz qoldiradigan atir izlayotgan bo‘lsangiz — bu atir aynan siz uchun.

