Aleksandr Kolesnikov qariyb 30 yildan beri astrologiyani o‘rganib va o‘rgatib kelmoqda. Ushbu qo‘llanmada muallif amaliy astrologiyaning asosiy jihatlarini tushunarli va sodda tarzda bayon qiladi. Unda siz sayyoralar, burjlar, astrologik uylar, aspektlar va oy tugunlari haqida ma’lumot olasiz. Qo‘llanma aniq misollarga, jumladan, mashhur insonlarning munajjimlar bashorati (goroskop) tahliliga, shuningdek, tushuntiruvchi sxema va jadvallarga asoslangan. Astrologiya asoslarini o‘zlashtirganingizdan so‘ng, o‘zingiz yoki boshqa biror kishi uchun munajjimlar bashoratini — ya’ni tug‘ilish xaritasini — tuzishga kirishishingiz mumkin.

