Astra — rang-barang va juda chiroyli manzarali gul. Gullari yirik, to‘q binafsha, pushti, oq, qizil va ko‘k ranglarda bo‘ladi. Ko‘pincha bog‘ va hovlilarni bezash uchun ekiladi. Quyoshli joyni yaxshi ko‘radi, parvarishi oson. Gullash davri uzoq.
Romashka — SARIQ bargli, sariq markazli nafis gul. Dorivor xususiyatlari bilan ham mashhur. Sovuqqa chidamli, tez unib chiqadi. Bog‘larda, yo‘laklar atrofida ekish uchun juda mos. Kam parvarish talab qiladi.
Qavatli romashka oddiy romashkaga nisbatan yanada ko‘rkam bo‘lib, barglari bir necha qatlamdan iborat. Gullari yirik va juda chiroyli. Manzarali bog‘lar va gulzorlar uchun tanlov. Quyoshli joyda yaxshi o‘sadi.
Nomoshom — kechqurun ochilib, tongda yopiladigan xushbo‘y gul. Ranglari juda xilma-xil: sariq, pushti, qizil, oq va aralash ranglarda bo‘ladi. Hovli va bog‘larni bezash uchun juda mos, parvarishi oson.

