"Asrni qaritgan kun", "Bolaligim", "Yuzma yuz", "Qulayotgan tog'lar"
Chingiz Aytmatov — jahon adabiyotining afsonaviy yozuvchisi. "Asrni qaritgan kun" asari esa uning eng falsafiy va chuqur fikrli romanlaridan biri bo‘lib, texnologik taraqqiyot va ma’naviy inqiroz, insoniylik va shafqatsizlik, axloq va mexanik jamiyat to‘qnashuvi haqida hikoya qiladi.
“Asrni qaritgan kun”-Oddiy bir insonning hayoti va xotiralari orqali butun bir asr taqdiri, uning fojealari va yirik voqealari aks ettiriladi. Eski temiryo‘l bo‘ylab safar qilayotgan qariya hikoyasi vaqt, xotira va insoniy qadriyatlar haqida chuqur falsafiy mushohadalarga chorlaydi.
“Bolaligim” – turk qavmining atoqli qoyasi Chingiz Aytmatov ijodini oʻrgangan olmon olimasi bilan boʻlgan davomli suhbat – muloqotlar natijasida qogʻozga tushgan. Asar ilk marta olmon, soʻngra turk va qirgʻiz tillarida chop etilgan. Mazkur kitob mutolaasi davomida Chingiz Aytmatov bilan boʻlgan suhbatlar zavqi sizga ham koʻtarinki kayfiyat bagʻishlasa, ajab emas.

