• Nashriyot Илм-Зиё-Заковат
• Yozuv Lotincha
• Sahifalar soni: 432
• Ametist Qattiq muqova
"Chinor" asari bir o'zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma'noda "tagli-zotli". Uning har bir a'zosi xalq hayotida ma'lum bir ma'suliyatli yukni o'z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz ramzidir. Oila boshi Ochil buva safari bilan shartli ravishda o'zaro bog'langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni oldingi suradi. Hikoyalar va rivoyatlar esa bu fikrlarni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.
Opa-singillar
Sahifa-543
Muqova qattiq
Asqad Muxtor - o'zbek adabiyotining teran qalam sohiblaridan biri. Uning "Tundaliklar" asari nafaqat bir ijodkorning shaxsiy tafakkur hosilasi, balki butun bir davrning adabiy, ruhiy va ma'naviy manzarasini aks ettiradi.
Bu to'plamda muallifning kundalik qaydlari, fikriy mulohazalari, hayot va ijod haqidagi mushohadalari, zamondoshlarga munosabati, adabiy muhit, millat va inson taqdiriga daxldor chuqur fikrlari jamlangan.
Asarda qalamga olingan satrlar - adabiy esdalik ham, ruhiy iqror ham, fikr va his-tuyg'ular to'kiluvidir. Unda ulug' mutafakkir va shoirlar, adabiy jarayonlar, milliy o'zlik, ma'naviyat masalalari borasidagi samimiy qarashlar o'z aksini topadi.
"Tundaliklar" - ijodkor uchun qalb oynasi, o'quvchi uchun esa hayot va qalam haqidagi daqiq mulohazalar xazinasidir. Bu kitob ijod ahli, adabiyotshunoslar va samimiy o'quvchilar uchun qimmatli manba bo'lib xizmat qiladi.
Saxifa-188
Muqova yumshoq

