OMAGO asboblar qutisi turli xil qo‘l asboblari, elektr asboblari, vintlar va boshqa mayda detallarni saqlash hamda tashish uchun mo‘ljallangan.
Quti mustahkam sanoat plastigidan tayyorlangan bo‘lib, zarbalarga chidamli va uzoq muddat xizmat qiladi. Kuchaytirilgan tutqich yordamida asboblarni qulay tarzda olib yurish mumkin.
Qopqoq qismida shaffof organayzerlar mavjud bo‘lib, ularda vintlar, boltlar, shurup, dyubel va boshqa mayda buyumlarni tartibli saqlash mumkin.
Quti mustahkam qulflovchi zamoklar bilan jihozlangan bo‘lib, tashish vaqtida qutining ochilib ketishini oldini oladi.
Mos keladi:
Kichik va ixcham asbob qutisi.
Universal o‘lchamdagi asbob qutisi.
Ko‘proq asbob sig‘adigan katta quti.
Professional ustalar uchun katta hajmli asbob qutisi.

