IRON Professional asboblar to‘plami avtomobil ta'mirlash, uy-ro‘zg‘or ishlari, ustaxona va servis markazlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘p funksiyali professional nabor hisoblanadi.
To‘plamda turli o‘lchamdagi treshotkali kalitlar, tortsli kallaklar, rojkali-halqali kalitlar, otvyortkalar, omburlar, bolg‘a, bitlar, uzatgichlar va boshqa zarur asboblar jamlangan. Barcha asboblar mustahkam plastik chamadonga tartibli joylashtirilgan bo‘lib, tashish va saqlash uchun qulay.
Asboblar yuqori sifatli Chrome Vanadium (CR-V) po‘latidan ishlab chiqarilgan. Ushbu material yuqori mustahkamlikka ega bo‘lib, katta yuklama ostida ishlashga, deformatsiyaga va zanglashga chidamli.
Ergonomik rezinali tutqichlar qo‘lda sirpanmaydi va uzoq vaqt ishlaganda ham qulaylik yaratadi.
Mazkur to‘plam avtomobil egalari, ustalar, servis markazlari, montaj ishlari, mebel yig‘ish, texnik xizmat ko‘rsatish hamda kundalik ta'mirlash ishlari uchun mos keladi.

