Barcha elementlar yuqori tozalikdagi Xrom-vanadiy qotishmasidan tayyorlangan. Bu material korroziyaga (zangga), deformatsiyaga va og'ir mexanik yuklamalarga o'ta chidamlidir.
72 tishli professional treshotkalar: Treshotka kalitlari juda mayda va ravon qadamga ega (bor-yo'g'i 5 gradus aylanish kifoya). Bu esa avtomobil kapoti ostidagi yoki boshqa juda tor, qo'l yetishi qiyin bo'lgan joylarda ham erkin ishlash imkonini beradi.
Otvyortka, treshotka va ombirlarning dastalari ikki komponenti polimer va rezina qoplamadan iborat.Ular qoʻlda sirgʻanib ketmaydi, qadoq qilmaydi va texnik moylarga chidamli.
Mustahkam va tartibli keys: Keysning har bir burchagi zarbaga qarshi kuchaytirilgan plastikdan yasalgan. Ichki fiksatorlar asboblar qimirlamasligini ta'minlaydi, tashqi metall qulflar esa tasodifan ochilib ketishdan ishonchli himoya qiladi.
Svechalar uchun rangli xavfsizlik: To'plamdagi svecha golovkalari maxsus rangli va ichki rezina/magnitli fiksatorlar bilan
jihozlangan bo'lib, ular avtomobil svechalarini yechishda ularni shikastlamaydi va qulay ushlab turadi.

