137 donadan iborat asboblar to‘plami avtomobil ta’miri, texnik xizmat, montaj, yig‘ish va slesarlik ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan keng komplektdir. Uning tarkibida turli o‘lchamdagi torцевoy golovkalar, treshetkalar, kombinatsion kalitlar, otvyortkalar, bitlar, olti qirrali kalitlar, uzaytirgichlar, adapterlar, sharnirlar, passatij, uzun burunli qisqich, mahkamlovchi qisqich va bolg‘a mavjud.
Asosiy ishchi qismlar Cr-V xrom-vanadiy po‘latdan tayyorlangan. Bu material qo‘l asboblari ishlab chiqarishda keng qo‘llanadi va kundalik hamda muntazam ishlash uchun mos keladi. O‘lchamlarning ko‘pligi turli murvat va gaykalar bilan ishlash imkonini beradi.
To‘plamda 1/4", 3/8" va 1/2" privodli asboblar mavjud. Bu turli hajmdagi mahkamlagichlar bilan ishlashni qulaylashtiradi.
1/4" privod kichik gayka va murvatlar, tor joylar va ixcham mexanizmlar uchun mos. 3/8" o‘lcham ko‘plab kundalik ta’mirlash va servis ishlariga mos keladi. 1/2" privod esa kattaroq golovkalar va yirikroq mahkamlagichlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.
To‘plamga 72 tishli uchta reversiv treshetka kiradi: 1/4", 3/8" va 1/2". Aylanish yo‘nalishini tez almashtirish imkoniyati yig‘ish va yechish ishlarini yanada qulay qiladi.
Komplektga standart va chuqur golovkalar kiradi. 1/4" privod uchun standart golovkalar 4 mm dan 13 mm gacha, 3/8" privod uchun 10 mm dan 19 mm gacha, 1/2" privod uchun esa 18 mm dan 32 mm gacha bo‘lgan o‘lchamlarda taqdim etilgan.
Chuqur golovkalar uzunroq rezbali birikmalar va standart golovka yetib bormaydigan holatlarda ishlash uchun qulay. Shuningdek, 14, 16, 18 va 21 mm o‘lchamdagi svecha golovkalari mavjud bo‘lib, ular avtomobil va texnikaga xizmat ko‘rsatishda foydali.
Chuqur yoki kirish qiyin bo‘lgan joylardagi mahkamlagichlarga yetib borish uchun 1/4", 3/8" va 1/2" privodlarga mos turli uzunlikdagi uzaytirgichlar mavjud.
Bundan tashqari, uchala privod o‘lchami uchun universal sharnirlar ham kiritilgan. 1/2" uchun 375 mm uzunlikdagi egiluvchan dastak, 260 mm offset dastak, 1/4" golovka dastagi va egiluvchan uzaytirgich to‘plamning imkoniyatlarini kengaytiradi.
To‘plamga 33 dona Cr-V bit kiradi. Ularning o‘lchami 1/4" va 6,35 × 25 mm formatda.
Komplektda turli profil turlari mavjud: Slot, Phillips, Pozidriv, Torx, teshikli Torx, Hex, Square va M-type. Bu mebel yig‘ish, avtomobil qismlarini ta’mirlash, texnika va boshqa uskunalar bilan ishlashda mos bitni tanlash imkonini beradi.
Shuningdek, ikki dona yassi otvyortka, ikki dona Phillips otvyortka va 1/4" golovkalar uchun maxsus otvyortka ham mavjud.
Komplekt tarkibida Cr-V po‘latdan tayyorlangan 15 dona kombinatsion kalit bor. O‘lchamlar: 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19 va 21 mm.
Bunday diapazon turli standart murvat va gaykalar bilan ishlash imkonini beradi.
Shuningdek, 1,5 mm dan 10 mm gacha bo‘lgan 9 dona olti qirrali kalit mavjud. Ular mebel, mexanizmlar, jihozlar va ichki olti qirrali mahkamlagichlar bilan ishlashda qo‘l keladi.
To‘plamga 180 mm kombinatsion passatij, 160 mm uzun burunli qisqich va 250 mm Cr-V mahkamlovchi qisqich kiradi.
Ular detallarni ushlab turish, siqish va turli montaj ishlarini bajarishda foydalaniladi.
Shuningdek, 300 g og‘irlikdagi slesar bolg‘asi ham komplektga kiritilgan. Shu sababli to‘plam faqat gayka va murvatlar bilan ishlash uchun emas, balki boshqa kundalik ta’mirlash ishlariga ham mos keladi.
Asboblar to‘plami avtomobilga texnik xizmat ko‘rsatish, turli mexanizmlarni yig‘ish va qismlarga ajratish, jihozlarni o‘rnatish, mebel ta’miri va garaj ishlarida foydalanish uchun mos.
Golovkalar va kombinatsion kalitlarning keng o‘lcham diapazoni turli mahkamlagichlar bilan ishlashni osonlashtiradi. Bitlar va otvyortkalar vintli birikmalar uchun, qisqichlar va passatijlar esa qo‘shimcha montaj ishlarida yordam beradi.
Barcha 137 dona asbob mustahkam blow mould plastik keys ichida joylashtirilgan. Keys har bir asbobni tartibli saqlashga va kerakli detalni tez topishga yordam beradi.
Bunday qadoqlash to‘plamni uy, garaj, avtomobil yoki ustaxona o‘rtasida olib yurishda ham qulay. Keng komplektatsiya ustalar, avtomobil egalari, servis xodimlari va uy sharoitida turli ta’mirlash ishlarini bajaradigan foydalanuvchilar uchun mos keladi.

