• Ingliz va o'zbek tillarida asarlar to'plami Huvullagan uy - Bo'sh uy Chipor tasma - Xolli guruhlar Masgreyvlar udumi - Masgrave marosimi Oltita Napoleon - Olti napoleon Alvon rangli etyud - Scarletdagi suty Muallif: Artur Konandoyl
Alvon rangli etyud - A suty in Scarlet

Bir badavlat odamni o‘ta sirli ravishda o‘ldirib ketishadi. Marhumning yonidan ayollarning nikoh uzugi topiladi, u yotgan xona devoriga esa qon bilan tirnab «RACHE» deb yozib ketishgan. Xo‘sh, aql-zakovat bobida tengsiz Sherlok Xolms bu tushunarsiz jumboqqa yechim topa oladimi?
Mashhur izquvar Sherlok Xolms va uning sodiq do‘sti doktor Vatsonning qiziqarli sarguzashtiga siz ham hamrohlik qiling.
Aziz kitobxon! Sizlar uchun mazkur asarning ixchamlashtirilgan shaklini taqdim etish barobarida ingliz tilidagi variantini ham eʼtiboringizga havola qilyapmiz.
Oltita Napoleon - The six Napoleons

Nomaʼlum kimsa do‘kon rastalariyu uylarga bostirib kirib, taniqli fransuz generali va davlat rahbari bo‘lgan Napoleonning haykallarini sindirishdan to‘xtamayapti. Qiziq, u nega bunday qilmoqda? Bunga javob topa olmay boshi qotgan politsiya izquvari noilojlikdan yordam so‘rab, Sherlok Xolmaga murojaat qildi. Xo‘sh, qahramonimiz ushbu jumboqqa yechim topa olarmikan?
Masgreyvlar udumi - The masgrave ritual

Rejinald Masgreyv qo'l ostidagi ish boshqaruvchisi hamda oqsochining izsiz g'oyib boʻlganidan oromini yo'qotgan. Ular qayerga ketishgan? Bu holatning qadimiy va sirli «Masgreyvlar udumi»ga aloqasi bormi? Bu jumboqni faqat bir kishigina yechishga qodir: Rejinaldning jinoyatchilarga qarshi kurashuvchi adolatparvar do'sti Sherlok Xolms.
Ushbu seriyadagi barcha qissalar ixchamlashtirilgan, o'zbek va ingliz tilida.
Chipor tasma - The speckled Bands

Mashhur izquvar Sherlok Xolms va uning sodiq do‘sti doktor Vatsonning qiziqarli sarguzashtiga siz ham hamrohlik qiling.
Juliya Stouner o‘z o‘limidan oldin g‘alati hushtak ovozini eshitgan. Endi esa uning singlisi Helena shunday ovozlardan tinchini yo‘qotgan. Sho‘rlik Helenaning boshiga ham opasining ayanchli taqdiri tushmasidan oldin dunyoga dong‘i ketgan izquvarimiz sinoatga to‘la jumboqqa yechim topa oladimi? O‘yin boshlandi!
Aziz kitobxon! Sizlar uchun mazkur asarning ixchamlashtirilgan shaklini taqdim etish barobarida ingliz tilidagi variantini ham eʼtiboringizga havola qilyapmiz.
Huvullagan uy - The Empty House

Ronald Ederning o‘ldirilishi butun London ahlini sarosima va taajjubda qoldirgan. Bu chindan ham yechib bo‘lmas jumboqmi? Eh, izquvar Sherlok Xolms hayot bo‘lganida allaqachon bu jinoyatning tagiga yetgan bo‘lardi. Afsuski, endi buning imkoni yo‘q. Qiziq, Ederning qotili navbatdagi oviga chiqmasidan oldin uni to‘xtatib qoladigan mard topilarmikan?


