• Kattalar va o‘smirlar uchun gullar mavzusidagi raqamli rasm
• Pion, lola, atirgul, ko‘knori, iris, kungaboqar va boshqa gullar bor
• Holst podramnikka tortilgan — tayyor rasmni devorga osib qo‘ysa bo‘ladi
• To‘liq rasm chizish to‘plami: holst, akril bo‘yoqlar, cho‘tkalar va ilgaklar
• 40×50 sm o‘lcham uy bezagi yoki sovg‘a uchun qulay
• Oldin rasm chizmagan odam ham bemalol ishlay oladi
ARTERY «Gullar» raqamlar bo‘yicha rasm — ijod qilish, dam olish va o‘z qo‘lingiz bilan chiroyli dekor tayyorlash uchun tayyor to‘plam. Raqamli raskraska ish yoki o‘qishdan keyin miyani dam oldiradi, telefondan chalg‘itadi va vaqtni mazza qilib o‘tkazishga yordam beradi.
Kartochkada har xil gul syujetlari bor: pionlar, lolalar, atirgullar, ko‘knorilar, irislar, kallalar, gortenziyalar, orxideyalar, kungaboqarlar, dala gullari, tropik o‘simliklar va chiroyli buketlar. Pastel, yorqin, to‘q, och va monoxrom variantlarni tanlash mumkin. Motivatsion yozuvli rasmlar ham bor.
Raqamlar bo yicha rasm 40×50 sm o‘lchamda bo‘lib, mehmonxona, yotoqxona, bolalar xonasi, oshxona yoki ish kabinetiga mos tushadi. Tayyor rasmni devorga osish, interyerga bezak qilish yoki yaqin odamga sovg‘a berish mumkin.
Holst yuzasiga rasm konturi va raqamlar oldindan tushirilgan. Har bir bo‘yoq bankachasida ham mos raqam yozilgan. Holstdagi raqamni topasiz, o‘sha raqamli bo‘yoqni olasiz va maydonni bo‘yaysiz. Hammasi oddiy, tajriba bo‘lishi shart emas.
To‘plam ichida
• Podramnikka tortilgan 40×50 sm holst
• Raqamlangan akril bo‘yoqlar
• Har xil qalinlikdagi cho‘tkalar
• Tayyor rasmni osish uchun ilgaklar
• Mustahkam qadoq qutisi
Holst podramnikda tayyor keladi. Uni alohida tortish yoki ramkaga joylash shart emas. Rasm chizish uchun faqat suv solingan stakan va cho‘tkani artish uchun salfetka kerak bo‘ladi. Qolgan hamma narsa nabor ichida bor.

