Gulla Aroid Mix — o'simlik ildizlari erkin nafas olishi uchun professional substrat
Tabiatda tropik o'simliklar zich tuproqda emas, balki g'ovak muhitda o'sadi. Aroid Mix — bu sizning uyingizda haqiqiy jungli muhitini yaratib beruvchi maxsus aralashmadir.
To'liq tarkibi:
Kokos chipslari (25%): Tuproq zichlashib qolmasligini ta'minlaydi va havo aylanishi uchun bo'shliq yaratadi.
Nordon torf (30%): O'simliklar uchun eng qulay pH balansiga ega asos.
Qarag'ay qobig'i (10%): Tabiiy tuzilmani saqlaydi va ildiz chirishidan himoya qiladi.
Perlit (10%) va Seolit (5%): Namlikni me'yorda ushlab turadi va ildizlarning qurib qolishiga yo'l qo'ymaydi.
Biogumus (10%): Yangi barglar tez chiqishi uchun tabiiy ozuqa manbai.
Yog'och ko'miri (5%): Antiseptik xususiyatga ega bo'lib, zamburug'lardan himoya qiladi.
Osmocote Exact o'g'iti (8-9 oy): Professional ozuqa granulalari (4g/l) o'simlikni deyarli bir yil davomida barcha vitaminlar bilan ta'minlaydi.
Qaysi o'simliklar uchun mos keladi?
Aroidlar: Alokaziya (Armaa va boshqa turlar), Monstera, Filodendron, Singonium, Anturium, Spatifillum.
Ommabop o'simliklar: Zamiokulkas (dollar daraxti) va Aglaonema uchun ideal tanlov.
Lianalar: Xoyya (Hoya), Rafidofora, Seropegiya.
Tropik o'simliklar: Strelitsiya, Kalateya, Maranta va paporotniklar.

