IFOR TAVSIFI
Armaf Club de Nuit Intense Man — 2015 yildan buyon erkaklar orasida eng mashhur arab parfyumlaridan biri. Creed Aventus ning eng yaxshi va arzon analogi sifatida Fragrantica, Reddit va YouTube da birinchi o'rinni egallaydi. Ifor boshida ananas, limon va qora smorodina bilan ochiladi — tetik va kuchli. O'rta qismda chuqur va biroz tutunsimon hid paydo bo'ladi, oxirida esa iliq va qulay yakunlanadi. Kuchli, uzoq davomli va atrofingizni his qildiradigan ifor — ish, kechki uchrashuv yoki kundalik foydalanish uchun bir xil yaxshi. Bir marta sinab ko'rganlar ko'p o'tmay to'liq flakonga o'tadi.
IFOR PIRAMIDASI
Yuqori notalar: Limon, Ananas, Bergamot, Qora Smorodina, Olma
O'rta notalar: Qayin, Yasmin, Atirgul
Asosiy notalar: Mushk, Ambergris, Patchouli, Vanil
XUSUSIYATLARI VA TAVSIYALAR
Brend: Armaf
Ifor turi: Eau de Toilette (EDT)
Jins: Erkaklar uchun
Hajm: 5 ml / 10 ml / 105 ml sprey
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)
Mavsumiyligi: Bahor, Yoz, Kuz
Qo'llanish sohasi: Kundalik, ish, kechki uchrashuvlar
Tavsiya etilgan vaqt: Kunduz va kechqurun
NIMA UCHUN SIZ AYNI CLUB DE NUIT INTENSE MAN NI TANLASHINGIZ KERAK?
Creed Aventus ni sinab ko'rmoqchisiz lekin narxi qimmatmi? Club de Nuit Intense Man — aynan siz qidirayotgan narsa. O'n yildan ortiq vaqt davomida u dunyo bo'ylab parfyum sevuvchilarning birinchi tanlovi bo'lib kelmoqda. Kuchli, stoyкий va har qanday muhitda e'tiborni tortadigan bu ifor — sovg'a sifatida ham, shaxsiy foydalanish uchun ham ideal. 5 ml yoki 10 ml probnikdan boshlang — to'liq flakonga o'tishga ishonchimiz komil.
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o'tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi:
Yuqori notalar — bu atirning birinchi «salomi», uni sepgan zahoti sezasiz.
O'rta notalar — iforning «yuragi», u 20 daqiqadan keyin ochilib, asosiy yoqimli hidni beradi.
Asosiy notalar — eng chidamli qism bo'lib, aynan shu hid uzoq vaqt teringizda saqlanib qoladi.
📌 Maslahat: Iforni to'liq his qilish uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.

