• Argan yog‘i — sochlarni oziqlantiradi, tiklaydi va ularga jilva beradi.
• Kollagen — himoya qatlam hosil qiladi, soch tolalariga taranglik va elastiklik beradi.
• Ko‘mir kukuni — kir, yog‘ va toksinlarni yutadi, bosh terisini tozalaydi.
• Gidrolizlangan bug‘doy oqsili — sochni mustahkamlaydi, mo‘rtlikni kamaytiradi, sochni yanada qalin qiladi.
• Gialuron kislotasi (Sodium Hyaluronate) — sochni intensiv namlaydi, namlikni ichkarida ushlab turadi.
Argan yog‘i, kollagen va faol komponentlarga ega soch niqobi (500ml.)— barcha soch turlari uchun universal parvarish vositasi. U sochlarni chuqur oziqlantiradi, namlaydi, jilva beradi, qurish va mo‘rtlashishni oldini oladi. Niqob sochni mustahkamlaydi, to‘kilishni kamaytiradi va kepek paydo bo‘lishining oldini olib, sochlarga kuch va sog‘lom ko‘rinish beradi.

