Siz yoki farzandingiz robototexnika sohasini tez va oson o'zlashtirishni istaysizmi?
Buning uchun nimalar kerak bo'lishini o'ylab qoldingizmi?
Bizning do'konimiz bu borada Sizning mushkulingizni osonlashtirishi mumkin! Hamma komponentlarni alohida-alohida sotib olishingiz shart emas.
Sizga boshlovchilar uchun eng ko'p qo'llaniladigan komponentlar kengaytirilgan to'plamini tavsiya etamiz.
Ushbu to'plam 830 kontaktli maket platasi va unga yordamchi sifatida tez-tez qo'llaniladigan yuzlab komponentlar: o'zgarmas kuchlanishni 7-12V dan 5V va 3.3 V ga tushirib beruvchi stabilizator, maket plata kontaktlarini qisqa tutashtiruvchi qattiq o'tkazgichlar, yumshoq o'tkazgichlarning male-male, male-female, female-female turlari, tugmalar, bir necha rangdagi yorug'lik diodlari, kondensatorlar, doimiy rezistorlar va sozlovchi rezistor, termistor va fotodiodlar, RGB-diod, tranzistorlar va boshqalarni o'z ichiga olgan.
- paketda (Uzum Market tomonidan yetkaziladi);
- plastik qutida (Uzum Market tomonidan yetkaziladi);
- plastik qutida, 2-variant (Sotuvchi tomonidan "UzPost" pochta xizmati orqali, uning xaridorga eng yaqin filialigacha bepul yetkaziladi);
- paketda, Arduino UNO SMD platasi bilan (Sotuvchi tomonidan "UzPost" pochta xizmati orqali, uning xaridorga eng yaqin filialigacha bepul yetkaziladi).
- 830 kontaktli maket platasi;
- 7-12V doimiy kuchlanishni 5V va 3,3V ga tushirib beruvchi modul, stabilizator;
- maket platasi uchun maxsus qattiq o'tkazgichlar;
- "male-male", "male-female" va "female-female" turidagi yumchoq o'tkazgichlar;
- ko'p kontaktli panel;
- passiv va faol zummerlar (spikerlar);
- tugmalar;
- yorug'lik diodlari;
- RGB-yorug'lik diodi;
- keramik va elektrolitik kondensatorlar;
- doimiy rezistorlar;
- sozlovchi rezistor;
- termistor;
- fotorezistorlar;
- oddiy diodlar;
- tranzistorlar;
- SN74HC595N (surish registri) va 4N35 (optopara) mikrosxemalari;
- Arduino UNO SMD dasturlash platasi, USB-kabel bilan (to'plamlardan faqat 1 tasining tarkibiga kiritilgan, menyudan tegishli punkt tanlanishi zarur!)


