• Mikrokontroller: ESP-8266EX (ESP-12F moduli)
• Kuchlanish: 5V (Micro-USB) / 3.3V (pin)
• Raqamli I/O: 11 ta pin (interrupt, PWM, I2C, One-Wire)
• Analog kirish: 1 ta (ADC, maks. 3.2V)
• Flash xotira: 4 MB (32 Mbit)
• Simsiz aloqa: Wi-Fi 802.11 b/g/n (2.4 GGs)
• Dasturiy moslik: Arduino IDE, MicroPython, NodeMCU, ESPHome
• Interfeys: Micro-USB yoki Type-C (O‘rnatilgan CH340 USB-UART)
ESP8266 ESP12F asosidagi D1 mini dasturlash platasi (USB-micro yoki Type-C interfeysi bilan) - DIY-elektronika va robototexnika loyihalari uchun ixcham va samarali yechimdir. O‘rnatilgan Wi-Fi moduli yordamida ushbu plata masofaviy boshqaruv tizimlari, simsiz datchiklar va Internet buyumlar (IoT) qurilmalarini yaratishga imkon beradi.
Asosiy afzalliklari:
Ixcham: ESP8266 modullari oilasidagi foydalanuvchi pinlaridan to'liq foydalanish mumkin bo'lgan, shu bilan birga yetarlicha ixcham bo'lgan vakili (ma'lumki, oilaning eng ixcham - ESP01/01S modullarida foydalanuvchi pinlari soni juda cheklangan).
Oson dasturlash: CH340 chipi tufayli tashqi programmatorlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga ulanadi.
Keng qamrovli dasturiy ta'minot: Home Assistant, Blynk, Tasmota va MQTT protokollari bilan mukammal ishlaydi.
Energiya tejamkorligi: Akkumulyatordan uzoq vaqt ishlash uchun Deep Sleep rejimini qo‘llab-quvvatlaydi.
Jamlanma (Komplektatsiya)
ESP8266 D1 mini moduli — 1 dona.
Ulanish uchun kontaktlar to‘plami — 3 xil.
USB-kabel (tanlovga bog'liq) — 1 dona.
Eslatma: Qurilmaning ishchi kuchlanishi 3.3V ni tashkil qiladi. Raqamli kontaktlarga 5V kuchlanish berish modulga zarar yetkazishi mumkin.
(Dasturlarda yangi sketch hosil qiling va uning ichiga ushbu kodni to'liq nusxalang. Dastur to'g'ri ishlashi uchun ESP8266 mikrokontrollerlari drayveri oldindan o'rnatilganiga ishonch hosil qiling! Drayver va asosiy bibliotekalarni o'rnatish uchun "Ko'rsatma" bo'limidagi ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin!)
1-misol. Blink dasturi (plata ishlayotganini tekshirish uchun, D4 piniga ulangan ichki o‘rnatilgan svetodiodni miltillatuvchi kod matni):
void setup() {
pinMode(LED_BUILTIN, OUTPUT); // Ichki svetodiodni chiqish rejimiga o'tkazish
}
void loop() {
digitalWrite(LED_BUILTIN, LOW); // YOQISH (ESP8266da mantiq teskari ishlaydi)
delay(1000); digitalWrite(LED_BUILTIN, HIGH); // O'CHIRISH
delay(1000);
}
2-misol (ichki WiFi modulini sinash uchun kod matni):
// D1 mini platasi yordamida dasturiy WiFi kirish nuqtasini hosil qilish va unda veb-serverni faollashtirish dasturi
// Hosil qilingan kirish nuqtasi yordamida kompyuter yoki smartfonlar o'rtasida kichik simsiz lokal tarmoq hosil qilish mumkin
// Hosil qilingan veb-serverga kompyuter yoki smartfondagi ixtiyoriy brauzerdan kirish mumkin!
#include
#include
#include
#ifndef APSSID
#define APSSID "Tarmoq" // Yangi tarmoq va kirish nuqtasi nomi, o'zgartirish mumkin
#define APPSK "12345678" // Yangi tarmoqqa ulanish paroli, o'zgartirish mumkin
#endif
// Tarmoq parametrlarini o'zgaruvchilarga o'zlashtirish:
const char *ssid = APSSID;
const char *password = APPSK;
ESP8266WebServer server(80); // veb-server nomi va portini e'lon qilish
// Veb-server bosh sahifasiga o'tish uchun brauzerda http://192.168.4.1 manzilini kiriting
void handleRoot() {
server.send(200, "text/html", "
}
void setup() {
delay(1000);
Serial.begin(115200);
Serial.println();
Serial.print("Kirish nuqtasini sozlash...");
WiFi.softAP(ssid, password);
IPAddress myIP = WiFi.softAPIP(); // Kirish nuqtasi IP-manzilini o'zgaruvchiga o'zlashtirish
Serial.print("Kirish nuqtasi IP manzili: ");
Serial.println(myIP); // Kirish nuqtasi nomini port monitorida ko'rsatish
// veb-serverni ishga tushirish:
server.on("/", handleRoot);
server.begin();
Serial.println("HTTP (veb-) server ishga tushdi!");
}
void loop() {
server.handleClient(); // http-mijozlar so'rovlarini qayta ishlash
}

