Nima uchun aynan shu archani tanlash kerak?
Tabiiy dizayn: Quyuq shoxlar va oq qoplamali uzun ignalar juda tabiiy ko'rinadi. Bu archa hatto ko'p o'yinchoqlarsiz ham juda hashamatli va bayramona ko'rinishga ega.
Qor effekti (Zasnejennyy): Igna uchlaridagi sifatli oq qoplama qirovni eslatadi, to'kilib ketmaydi va haqiqiy qishki tozalik hissini beradi.
Uzoq muddatli va tejamkor: Archa o'z go'zalligini yo'qotmasdan sizga ko'p yillar xizmat qiladi. Bu ajoyib sarmoya hamda tabiatga g'amxo'rlikdir – har yili tirik daraxtni kesishga hojat qolmaydi.
Xavfsizlik: Sifatli, allergiyaga chaqirmaydigan materiallardan tayyorlangan, noxush hidi yo'q va yong'in xavfsizligiga ega. Bolalar va uy hayvonlari bor oilalar uchun juda mos keladi.
Oson yig'ish: Konstruksiyasi juda tushunarli. Shoxlari oson yoyiladi (rasmdagidek maksimal darajada paxmoq bo'lishi uchun har bir shoxchani erinmasdan yoyib chiqishni tavsiya qilamiz).
Ishonchli tayanch: To'plamda archani har qanday yuzada mustahkam turishini ta'minlaydigan metall taglik mavjud.
Xususiyatlari:
Daraxt turi: Sun'iy qarag'ay (sosna) / archa.
O'ziga xosligi: Uchlari oqargan (qirov effekti).
Igna materiali: PVX/leska (yumshoq, uzun igna).
Konstruksiya: Yig'ma tana.
Taglik: Metall (to'plamda mavjud).
Balandligi: 120sm, 150sm, 180 sm

