Ushbu arab harflari va ta’limiy kartochkalar bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, arab tilini o‘rganishni sodda va qiziqarli qiladi. To‘plam tarkibidagi flash cardlar, rangli stikkerlar va mashg‘ulot elementlari bolalarning harflarni tez tanib olishi va eslab qolishiga yordam beradi.
Kartochkalar orqali bolalar arab alifbosini bosqichma-bosqich o‘rganadi, talaffuz va yozuv ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Rang-barang dizayn va interaktiv mashg‘ulotlar bolaning diqqatini jalb qilib, o‘rganish jarayonini yanada maroqli qiladi.
Uy sharoitida, bog‘cha yoki tayyorlov mashg‘ulotlari uchun juda mos. Farzandingizning ilk arab tili bilimlarini shakllantirish uchun foydali va qiziqarli tanlov!

