Ushbu kitobda dunyoning eng nufuzli iqtisodchilari va sohaning eng mohir qalam sohiblaridan biri bo‘lgan Alan Blinder o‘zining boy amaliy tajribasiga tayangan holda, AQShdagi oltmish yillik pul-kredit va fiskal siyosat haqida asosli va mukammal sharhni taqdim etadi. Jon F. Kennedidan tortib Jo Baydengacha bo‘lgan o‘n ikki prezident hamda Uilyam Makchesni Martin va Jerom Pauell kabi sakkiz nafar Federal zaxira tizimi raisi davrini qamrab olgan ushbu asar — makroiqtisodiy siyosat haqidagi ilgari hech qachon hikoya qilinmagan, ichki jarayonlardan xabardor shaxs nigohi bilan yozilgan va o‘qilishi zavqli bo‘lgan, shu bilan birga, o‘ta muhim hamda qiziqarli hikoyadir.

