H2O aqlli suv nasosi — uy, xonadon, dala hovli, bog‘ va suv ta’minoti tizimlari uchun zamonaviy va qulay yechim. Nasos suv bosimini avtomatik ravishda barqaror ushlab turadi va suv sarfiga qarab dvigatel aylanish tezligini boshqaradi.
Invertorli boshqaruv tizimi tufayli nasos silliq ishlaydi, elektr energiyasini tejamkor sarflaydi va suv bosimining keskin o‘zgarishini kamaytiradi. Doimiy magnitli dvigatel nasosning samarali va barqaror ishlashini ta’minlaydi.
• Turi: Aqlli, doimiy bosimli suv nasosi
• Dvigatel turi: Doimiy magnitli, o‘zgaruvchan chastotali (invertor)
• Quvvat: 400 W
• Kuchlanish: 220 V
• Tok kuchi: 2.9 A
• Chastota: 50–60 Hz
• Nominal suv sarfi: 2.0 m³/soat
• Maksimal suv sarfi: 4.0 m³/soat
• Nominal bosim (napor): 18 metr
• Maksimal bosim: 30 metr
• Impellerlar soni: 2 bosqichli
• Aylanish tezligi: 2500 – 5600 ayl/min
• So‘rish balandligi: 5 metr
• Kirish/chiqish diametri: DN25 (1 dyuym)
• Haroratga chidamlilik darajasi: F klass
• Texnologiya: German Technology
Nasos quruq ishlashdan himoya tizimiga ega. Suv bo‘lmagan holatda qurilma avtomatik ravishda o‘chadi. Shuningdek, qizib ketishdan himoya tizimi nasosning xavfsiz va ishonchli ishlashiga yordam beradi.
Nasos quyidagi maqsadlar uchun mos:
• xususiy uylar uchun suv ta’minoti;
• dala hovli va dachalar;
• kvartiralarda suv bosimini oshirish;
• suv baklari va rezervuarlardan suv uzatish;
• bog‘ va tomorqani sug‘orish;
• avtomatik suv ta’minoti tizimlari;
• suv bosimi past bo‘lgan tizimlarda bosimni oshirish.
H2O 400 Vt aqlli nasos suv sarfi o‘zgarib turadigan tizimlarda doimiy bosimni ta’minlash uchun qulay. Avtomatik boshqaruv, himoya tizimlari, past shovqin va ixcham o‘lchamlar uni kundalik foydalanish uchun qulay qiladi.

