C10 Pro — ayollar va erkaklar uchun zamonaviy aqlli soat. Metall korpusli, yengil va har qanday kiyimga mos.
• Qo‘ng‘iroqlar: soatdan gaplashasiz (mikrofon va dinamik bor), kontaktlar va qo‘ng‘iroqlar tarixi. SIM-karta qo‘yilmaydi, soat telefonga Bluetooth orqali ulanadi.
• AI ovozli yordamchi va tezkor menyu.
• Bildirishnomalar: Telegram, WhatsApp, Instagram, SMS.
• Salomatlik: puls, qon bosimi, SpO2, uyqu. Puls yoki bosim me’yordan chiqsa ogohlantiradi.
• Faollik: qadamlar, masofa, kaloriya, sport rejimlari, uzoq o‘tirganda eslatma.
• Qulayliklar: doimiy ko‘rinadigan siferblat, ilovadan yangi siferblatlar, tungi chiroq rejimi, budilnik, musiqa va kamera boshqaruvi, o‘yinlar.
• Ekran: 2.09 dyuym, HD 240×296, sensorli
• Protsessor: 4-avlod Zhongke chip
• Korpus: metall ramka va metall orqa qopqoq
• Tasma: TPU (yumshoq silikon)
• Batareya: 220 mAh, magnit zaryadlash
• Suvdan himoya: IP65 — yomg‘ir va terdan himoyalangan; suzish va dushda taqmang
• Menyu: 21 til, jumladan rus tili
• Ilova: Hiwear Plus (Android va iOS)
• Ranglar: qora, kumush, tilla
Qutida: soat, tasma, magnit zaryadlovchi, yo‘riqnoma.
1. Play Market yoki App Store’dan Hiwear Plus ilovasini o‘rnating.
2. Telefonda Bluetooth’ni yoqing.
3. Ilovada «Qurilma qo‘shish» bo‘limidan soatni tanlang. Qo‘ng‘iroqlar ishlashi uchun telefon so‘ragan ikkinchi Bluetooth ulanishiga ham ruxsat bering.
Eslatma: soat tibbiy asbob emas. Puls, bosim va SpO2 ko‘rsatkichlari taxminiy, ma’lumot uchun.

