iPhone 15 o‘zining 6.1 dyuymli Super Retina XDR OLED displeyi bilan tiniq va yorqin tasvirlarni taqdim etadi. Ekran yorqinligi 2000 nit gacha yetadi, bu esa quyosh nuri ostida ham aniq ko‘rishni ta'minlaydi.
Dynamic Island interfeysi foydalanuvchi bilan interaktiv aloqani qulaylashtiradi — qo‘ng‘iroqlar, musiqalar va bildirishnomalar real vaqtda silliq ko‘rinishda chiqadi.
A16 Bionic chipi yordamida barcha ilovalar va o‘yinlar tez va muammosiz ishlaydi. U nafaqat kuchli, balki energiya tejovchi hamdir.
Kamera tizimi esa eng katta lanishlardan biri. 48 megapikselli asosiy kamera orqali professional sifatdagi suratlarni olish mumkin, ayniqsa portret va tungi rejimda. Shuningdek, 2x optik zoom va Photonic Engine texnologiyasi bilan suratlar yanada tiniq va yorqin chiqadi.
Endilikda iPhone 15 USB-C port orqali zaryadlanadi va ma'lumotlarni tezroq uzatish imkonini beradi. IP68 himoya darajasi bilan u suv va changdan yaxshi himoyalangan.

