





TOZA QUVUR — vanna, rakovina, dush va oshxona sliv teshiklaridagi tiqilishni ochish va quvurlarni tozalash uchun kaustik soda granulalari. Santexnik chaqirmasdan, uyda o‘zingiz ishlatasiz.
Qanday ishlaydi
Kaustik soda (natriy gidroksid) — kuchli ishqor. Granula suvda eriganda qiziydi, quvurdagi yog‘ni eritadi, soch, ovqat qoldig‘i va boshqa organik iflosliklarni parchalaydi. Tiqilish yumshab, suv bilan yuvilib ketadi, suv yana erkin oqadi. Tiqilish bilan birga quvurdan keladigan yoqimsiz hid ham ketadi.
Qayerda ishlatiladi
Vanna, dush, yuvinish rakovinasi va oshxona rakovinasi sliv teshiklari, sifon va kanalizatsiya quvurlari.
Doza
Yengil tiqilish va profilaktika uchun — 70–100 g.
O‘rtacha tiqilish uchun — 100–120 g.
Kuchli va eski tiqilish uchun — 150 g gacha.
Kerak bo‘lsa, jarayonni takrorlang.
Qaysi hajmni tanlash kerak
350 g — bitta sliv teshigi uchun, bir martalik foydalanish yoki profilaktika uchun. Taxminan 2–5 marta yetadi.
500 g — vanna va oshxona uchun. Taxminan 3–7 marta yetadi.
1000 g — butun uy uchun, muntazam profilaktika uchun. Taxminan 6–14 marta yetadi.
Necha marta yetishi tiqilish darajasiga va dozaga bog‘liq.
Suv harorati
Plastik bo‘lmagan quvurlarga (metall, cho‘yan) qaynoq suv quyiladi. Plastik quvurlarga issiq suv quyiladi, qaynoq suv emas: ishqor eriganda o‘zi ham qiziydi, qaynoq suv bilan birga plastik quvurni yumshatib qo‘yishi mumkin.
Natija bo‘lmasa
Teshikda suv to‘lib turgan bo‘lsa, granula tiqilishgacha yetib bormaydi: avval suvni olib tashlang. Latta, plastik, qum kabi mexanik tiqilishni kimyoviy vosita eritmaydi, bunday holda santexnik kerak bo‘ladi.
Diqqat
Mahsulot teri va ko‘zni kuchli kuydiradi. Qo‘lqop va ko‘zoynak bilan ishlating, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang. Kislota va boshqa tozalash vositalari bilan aralashtirmang. Alyuminiy quvurga ishlatmang.
Qadoq haqida
Granula shaffof plastik (PET) idishga qadoqlanadi, har bir idish tarozida tortiladi. Vazn ±10 g aniqlikda. Idish shakli va qopqoq rangi (qora yoki oq) partiyaga qarab farq qilishi mumkin. Granula yirik va g‘ovak bo‘lgani uchun idish yuqorigacha to‘lmagandek ko‘rinishi mumkin, lekin vazni yozilganiga mos keladi. Idish oldiga o‘zbek tilidagi etiketka yopishtirilgan: foydalanish, doza, ehtiyot choralari va birinchi yordam. Yaroqlilik muddati — qadoqlangan kundan boshlab 24 oy.
To‘plamda
Granula solingan 1 ta plastik idish (tanlangan hajmda: 350, 500 yoki 1000 g).

