O‘yinchoq maxsus mexanizmga ega: yuqori yoki pastki tugmani bosganingizda, shar 360 darajaga aylanadigan plastinka shaklida ochiladi va asta-sekin yana o‘zining dastlabki shar shakliga qaytadi. Ushbu qiziqarli va jozibali jarayn bolalarning diqqat-e’tiborini jamlaydi, mantiqiy fikrlashini, qo‘l motorikasini va harakatlar koordinatsiyasini rivojlantiradi. Kattalar uchun esa bu o‘yinchoq ish yoki o‘qishdan keyin stressni yengillashtirish va miyani dam oldirish uchun ajoyib vositadir.
O‘yinchoq zarbalarga chidamli, xavfsiz va sifatli ABS-plastik materialidan tayyorlangan. U mashhur superqahramonlar (O‘rgimchak-odam, Kapitan Amerika, Temir odam va boshqalar) tasviri tushirilgan yorqin dizaynga ega bo‘lib, o‘g‘il va qiz bolalar uchun tug‘ilgan kun va boshqa bayramlarga eng yaxshi sovg‘a bo‘la oladi. Ixcham o‘lchami sababli uni sayohatga, bog‘chaga yoki maktabga o‘zingiz bilan olib yurish juda qulay.

