Mandala uslubidagi antistress bo‘yash kitobi — bu dam olish, stressdan xalos bo‘lish va ijodiy jarayonga sho‘ng‘ish uchun ajoyib vosita. Ichida 20 ta mandala rasmlari mavjud bo‘lib, har bir sahifa alohida kompozitsiya sifatida yaratilgan.
Mandala bo‘yash diqqatni jamlashga yordam beradi, stressni kamaytiradi va tafakkurni rivojlantiradi. Bu kitob ish yoki o‘qishdan keyin dam olish uchun juda mos keladi. Kattalar va o‘smirlar uchun tavsiya etiladi.
A4 format qulay foydalanishni ta’minlaydi, 160 g qalin qog‘oz esa rang berishda yuqori sifatni beradi. Qalam, ruchka, boyoq va markerlar bilan ishlash mumkin. Metall spiral esa sahifalarni oson ochish va aylantirish imkonini beradi.
Ushbu bo‘yash kitobi ijod, sokinlik va ichki muvozanatni qadrlaydiganlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi. Uyda foydalanish, art-terapiya va ijodiy mashg‘ulotlar uchun mos.

