X-COOL G11 antifrizi — yengil va yuk avtomobillari uchun tayyor sovutish suyuqligi, suv bilan aralashtirish shart emas: quydingiz va yo'lga chiqdingiz. Ish harorati −40 °C dan +110 °C gacha, shuning uchun dvigatel qishda muzlamaydi va yozgi jaziramada qaynamaydi. Asosi — yuqori tozalikdagi etilenglikol, kuchaytirilgan korroziyaga qarshi, ko'pikka qarshi va moylovchi qo'shimchalar paketi bilan: antifriz radiator, pompa, termostat va patrubkalarni zang, quyqa va cho'kmadan himoya qiladi, butun sovutish tizimining xizmat muddatini uzaytiradi. Resursi — 120 000 km yoki 2–3 yilgacha, koreys formulasi
ikkalasi ham G11 sinfi, tarkibi va himoyasi bir xil, faqat bo'yoq rangi bilan farq qiladi, shunda mashinangizga avval quyilgan rangdagi suyuqlikni qo'shib quyishingiz mumkin. Chevrolet (Cobalt, Nexia, Lacetti, Gentra, Spark, Malibu, Captiva, Damas, Matiz), GM, Lada, Kia, Hyundai, Toyota, Opel, Ford, Mercedes-Benz, Audi, Land Rover, Jaguar uchun mos. 5 kg li kanistra qulay dastasi va o'lchov chizig'i bilan — ko'pchilik yengil avtomobillarda to'liq almashtirishga yetadi. 

