• • Antifog qoplamasi: Bugʻlanish va terlashga qarshi;
• • UV380 himoyasi: Koʻzlarni quyosh nurlaridan asraydi;
• • Koʻzguli linzalar: Koʻzni qamashtiruvchi nurlardan (bliklar) himoya qiladi
Suzish koʻzoynaklari hovuzdagi qulay mashgʻulotlar va ochiq suv havzalarida suzish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Chidamliligi yuqori boʻlgan polikarbonat (PC) optik linzalari suv ostida keng koʻrinish burchagi va yuqori tasvir aniqligini ta’minlaydi. Maxsus antifog (bugʻlanishga qarshi) qoplamasi linzalarning terlashini kamaytirishga yordam beradi va suzish vaqtida koʻrish qobiliyatini yaxshi saqlaydi.
Linzalarning koʻzguli qoplamasi koʻzni qamashtiradigan nurlarni kamaytiradi va yorqin yorugʻlikda koʻzoynakdan foydalanishni yanada qulayroq qiladi. UV380 himoyasi esa hovuz boʻyida, plyajda dam olish yoki ochiq suvda mashgʻulot oʻtkazish paytida koʻzlarni ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi.
Yumshoq 3D silikon zichlagich (uplotnitel) yuzga zich yopishib, suv kirishini oldini oladi va uzoq vaqt foydalanganda ham qulaylik beradi. Egiluvchan TPU burun koʻprigi va sozlanishi mumkin boʻlgan silikon tasma koʻzoynakni yuzning individual oʻlchamlariga mos ravishda osongina sozlash imkonini beradi.
Yoqimli bonus sifatida, ushbu modellar silikon ipchalarga mahkamlangan quloq tiqinlari (berushi) bilan jihozlangan — siz ularni hech qachon yoʻqotib qoʻymaysiz. Shuningdek, toʻplamga saqlash uchun qulay gʻilof (futlyar) ham kiradi.

✅ Foydalanishdan keyin: Shunchaki toza suvda chaying va oʻzi qurishiga qoʻyib bering. ❌ Taqiqlanadi: Antifog qoplamasini shikastlamaslik uchun linzalarning ichki qismini qoʻl yoki mato bilan artmang.
• Antifog qoplamasi: Bugʻlanish va terlashga qarshi;
• UV380 himoyasi: Koʻzlarni quyosh nurlaridan asraydi;
• Koʻzguli linzalar: Koʻzni qamashtiruvchi nurlardan (bliklar) himoya qiladi;
• Yuqori aniqlikdagi PC optik linzalari: Suv ostida tiniq tasvir;
• Keng koʻrinish: Suv ostida keng qamrovli koʻrinish burchagi;
• Mukammal germetiklik: Suv oʻtkazmaydigan zich joylashuv;
• Yumshoq silikon zichlagich: Yuzga botmaydi va iz qoldirmaydi;
• Sozlanuvchan elastik tasma: Oʻlchamni oson moslashtirish;
• Yengil vazn: Bor-yoʻgʻi 70 gramm;
• Himoya gʻilofi: Toʻplam tarkibida mavjud.
Koʻzoynaklar erkaklar, ayollar va oʻsmirlar uchun mos keladi. Hovuzda suzish, akvafitnes, sport mashgʻulotlari, dengizda dam olish va faol sport turlari uchun ideal tanlovdir.

