ANTA Outdoor Camping vetrovkasi — kuz va bahor uchun universal ustki kiyim. Ertalab salqin, kunduzi esa iliq bo'lganda juda asqatadi: shamoldan to'sadi, lekin terlatmaydi, buklansa deyarli joy egallamaydi. Uni mashinada yoki ryukzakda olib yursangiz, havo o'zgarishiga doim tayyor bo'lasiz.
Nega aynan shu vetrovka:
• To'qima neylon — shamolni yaxshi ushlab qoladigan pishiq va silliq mato.
• Butun uzunligi bo'ylab zamok — issiqlikni bir zumda sozlaysiz: quyoshda ochasiz, soyada yopasiz.
• Juda yengil — uzoq sayrda ham, yo'lda ham, sayohatda ham qulay.
• Neylon tez quriydi va shaklini yo'qotmaydi, vetrovkani yuvish oson, dazmollash shart emas.
• ANTAning vazmin outdoor uslubi tabiatda ham, shahar kundaligida ham o'rinli ko'rinadi.
• Silliq mato chang va sachrashlardan oson tozalanadi — nam salfetka bilan artish kifoya.
Qayerda asqatadi: safarda, bog' va tog'dagi sayrlarda, piknikda; shaharda esa futbolka, jinsi yoki chinos shim va krossovka bilan.
O'lcham: odatdagi o'lchamingizga qarab tanlang. Mavjud o'lcham: XXXL.
Tarkibi: 100% neylon

