"Hayvonlar fermasi" — Angliyadagi bir fermada yuz bergan voqealarni tasvirlovchi qisqa allegorik roman. O‘tmishdagi adolatsizlik va shafqatsiz munosabatdan aziyat chekkan hayvonlar dono keksa cho‘chqaning g‘oyalari ta’sirida inqilobga bosh ko‘taradilar. Yoshroq avlodga mansub cho‘chqalar boshchiligidagi hayvonlar fermerni hokimiyatdan ag‘darishga muvaffaq bo‘ladilar va fermada kommunistik utopiya barpo etishga kirishadilar. Biroq hayvonlar tez orada shunga amin bo‘ladilarki, vaziyat qanchalik o‘zgarmasin, aslida hech narsa o‘zgarmay qolaveradi.

