So‘nggi yigirma besh yil davomida Jeyson Kalakanis (Jason Calacanis) ijodkorlar va tadbirkorlarga sarmoya kiritish, shuningdek, bir qator muvaffaqiyatli texnologik startaplarni aniqlash hamda ularni moliyalashtirish va rivojlantirishga ko‘maklashish orqali katta boylik orttirdi; bu sarmoyalar unga o‘n millionlab dollar daromad keltirdi. Endilikda, XXI asr investorlari uchun muhim qo‘llanmaga aylanishi shubhasiz bo‘lgan ushbu kitobda Kalakanis bo‘lajak "anjel-investor"larni venchur kapitali — ya’ni startaplar orqali boylik yaratish bo‘yicha o‘zi sinovdan o‘tkazgan usul bilan bosqichma-bosqich tanishtiradi.

