Silven Retabuyil. Android NDK: Yangi boshlanuvchilar uchun qo‘llanma
Ushbu kitob C/C++ va Android Native Development Kit (NDK) yordamida Android platformasi uchun mobil ilovalar yaratish hamda ularni Java kodi bilan integratsiya qilish usullarini yoritib beradi. Siz o‘zingizning ilk quyi darajali (low-level) Android ilovangizni yaratishni, Java Native Interface (JNI) orqali Java kodi bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishni, grafik va audio chiqishini kiritish qurilmalari hamda sensorlar boshqaruvi bilan uyg‘unlashtirishni, OpenGL ES yordamida grafikani render qilishni va boshqa ko‘plab narsalarni o‘rganasiz.
Kitob Android SDK yordamida Android uchun ilovalar ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lgan yoki bu sohada endigina ish boshlayotgan mobil ilovalar dasturchilari uchun mo‘ljallangan.

