O‘n yoshli Abdulloh kichik singlisi uchun har qanday ishga tayyor. Yo‘qlik va mashaqqatlarga to‘la hayotda, onasi yonida bo‘lmagan bir paytda, Pari Abdullohga quvonch bag‘ishlaydigan yagona inson hisoblanadi. U singlisining qadrli kolleksiyasiga qo‘shish uchun bitta-yu bitta poyabzalini ham berib, evaziga pat olishga tayyor. Otasi ish izlab Pari bilan birga cho‘l orqali Kobulga yo‘l olganida, Abdulloh singlisidan aslo ajralmaslikka qat’iy qaror qiladi. Aka-singil bu taqdiriy safar ularga nimalarni olib kelishini bilishmaydi.

