• Sahifalar soni: 572
• Yozuv: Kirillcha
• Tarjimon: Fozil Tilovatov
• Nashriyot: Yangi Asr Avlodi
• Muqovasi: Qattiq
• Qog‘oz formati: A5
Sohibqiron Amir Temur bobomiz haqidagi ushbu kitob AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlarida bir necha bor nashr etilgan bo‘lib, eng ko‘zga ko‘ringan asarlardan biri hisoblanadi.
E’tiborlisi, M.Brion tuzgan ushbu kitob butunlay Sohibqiron Amir Temurning o‘z qo‘lida yozilgan xotiralaridan iborat. Fors tilidagi yagona nusxa Yaman hukmdori Ja’far kutubxonasida saqlangan va keyinchalik Angliyaga olib ketilgan.
Ushbu asarni o‘qish orqali siz ulug‘ bobomizning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ham ma’lumotga ega bo‘lasiz, uning ijodi naqadar ibratli ekanligini ko‘rasiz. Kitobda bayon etilgan Amir Temur hayoti va faoliyati barcha uchun saboq bo‘lishi shubhasiz.

