Bir necha avlod davomida "Kinoijodkorlar uchun muqaddas qo‘llanma" (yoki "Kinoijodkorlar bibliyasi") sifatida e’tirof etilgan va dunyoda eng ko‘p foydalaniladigan kino sohasidagi ma’lumotnomalardan biri bo‘lgan ushbu kitob endilikda tasvirga olishning raqamli texnologiyalarini ham qamrab olib, har qachongidan ham mukammalroq ko‘rinishga ega bo‘ldi. "AC Manual"ning 10-nashrini tayyorlash ishlariga ASC (Amerika kinematograflar jamiyati)ning sobiq prezidenti Maykl Goy (Michael Goi) rahbarlik qildi. U kino texnologiyalari va tarixi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha yetakchi ma’ruzachilardan biri hisoblanadi.

