• Yuqori notalar: yorqin limon va bergamot
• O‘rta notalar: yumshoq sitrus va toza aromatik akkordlar
• Asosiy notalar: oq mushk
• Chidamliligi: 5–7 soat
• Kimlar uchun: erkaklar uchun
• Mavsumiyligi: bahor va yoz, issiq ob-havo uchun mos
AMEER 9307 DIOR HOMME COLOGNE — bu yangi yuvilgan oq ko‘ylak, yozgi quyosh nuri va muzdek limonad hissini eslatuvchi hid. Birinchi sepishda sitrusning sof va yorqin energiyasi sizni o‘rab oladi — xuddi yangi boshlanishdek. Hid asta-sekin yumshab, toza va tabiiy erkakona nafislikka aylanadi. Yakunda esa muloyim muskus ohangi terida yengil, ammo juda jozibali iz qoldiradi.
Bu atir shovqinsiz e’tibor tortadi — ortiqcha baland emas, lekin haqiqiy did va tozalikni his qildiradi. Issiq kunlar, kundalik hayot va minimalistik uslubni qadrlaydigan erkaklar uchun yaratilgan.
Hid turi: fresh citrus (toza sitrusli, sovuq va tetik).
Hajmi: 60ml
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o‘tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi.
Avval yuqori notalar seziladi — bu atirning birinchi hidi. Keyin o‘rta notalar ochilib, atirning asl yoqimli hidi paydo bo‘ladi. Eng oxirida esa asosiy notalar qoladi — aynan shu hid uzoq vaqt davomida terida saqlanib turadi.
📌 Shuning uchun atir hidini baholash uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi
Idish qopqog'i rangi rasmdagidan farq qilishi mumkin


