• O‘rta notalar: mineral va ambra akkordlari
• Yuqori notalar: sitruslar va yengil achchiq ohanglar
• Asosiy notalar: ambroksan va yengil yog‘och notalari
• Qaysi mashhur hidga o‘xshash: Louis Vuitton L’Immensité
• Kimlar uchun: uniseks (erkaklar ko‘proq tanlaydi)
• Mos fasllar: bahor, yoz, issiq kuz kunlari
AMEER 6506 LV LIMENSITE birinchi sepishda darhol yangi yuvilgandek tozalik va salqinlik hissini beradi. Ochilishida greypfrut va zanjabilga o‘xshash sitrusli-achchiq ohanglar seziladi — hid haddan tashqari shirin emas, aksincha erkakona va intizomli. O‘rtada hid yanada yumshaydi va mineral, ozgina sho‘r ambra kayfiyatiga o‘tadi. Asosiy qismida esa ambroksan va yengil yog‘och notalari paydo bo‘lib, toza va uzoq esda qoladigan shleyf hosil qiladi.
Bu atir ayniqsa tozalikka, minimalizmga va hashamatli hidlarga qiziqadiganlar uchun mos. Kundalik foydalanishda charchatmaydi, ofis va issiq havoda juda qulay.
Louis Vuitton L’Immensité hididan ilhomlangan
Idish qopqog'i rangi rasmdagidan farq qilishi mumkin
Hajmi: 60ml
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o‘tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi.
Avval yuqori notalar seziladi — bu atirning birinchi hidi. Keyin o‘rta notalar ochilib, atirning asl yoqimli hidi paydo bo‘ladi. Eng oxirida esa asosiy notalar qoladi — aynan shu hid uzoq vaqt davomida terida saqlanib turadi.
📌 Shuning uchun atir hidini baholash uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi


