• Yuqori notalar: yengil sitrus va mineral akkordlar
• O‘rta notalar: ambroksan — zamonaviy, sof va teriga yaqin hid
• Asosiy notalar: yog‘ochsimon va iliq muskus ohanglari
• Qaysi mashhur hidga o‘xshash: Escentric Molecules Molecule 02
• Kimlar uchun: uniseks (erkaklar va ayollar)
• Mos fasllar: bahor, yoz va iliq kuz
AMEER 2020 Molecula 020 molekulyar yo‘nalishdagi atir bo‘lib, asosiy urg‘u ambroksanga qaratilgan. U sepilganda keskin ochilmaydi, balki asta-sekin teri bilan birlashib, toza, iliq va “qimmat” hid effektini beradi. Hid individual tarzda ochiladi va har bir odamda biroz boshqacha seziladi. Bu atir haddan tashqari shirin yoki o‘tkir emas, kundalik foydalanish va issiq havoda ayniqsa qulay.
Hajmi: 60ml
Ishlab chiqarilgan mamlakat: BAA
Atirdagi notalar nima degani?
Atir sepilganda uning hidi bir xil qolmaydi, vaqt o‘tishi bilan bosqichma-bosqich ochiladi.
Avval yuqori notalar seziladi — bu atirning birinchi hidi. Keyin o‘rta notalar ochilib, atirning asl yoqimli hidi paydo bo‘ladi. Eng oxirida esa asosiy notalar qoladi — aynan shu hid uzoq vaqt davomida terida saqlanib turadi.
📌 Shuning uchun atir hidini baholash uchun uni sepib, biroz vaqt kutish tavsiya etiladi.
Idish qopqog'i rangi rasmdagidan farq qilishi mumkin


