Chakana savdo sohasi o‘tish davrini boshdan kechirmoqda. Kimdir buni "apokalipsis" (inqiroz), boshqalar esa "raqamli transformatsiya" deb atamoqda. An’anaviy biznes modellari bozordan siqib chiqarilayotgan, oflayn do‘konlar ommaviy ravishda yopilayotgan va tobora ko‘proq chakana savdo kompaniyalari bankrotlikni e’lon qilayotgan bir paytda, Amazon o‘z aylanmasini oshirishda davom etmoqda. Hikoyasi garajdagi oddiy kompyuterdan boshlangan kompaniyaning muvaffaqiyat strategiyasi qanday? Raqamli transformatsiya sharoitida chakana savdoning kelajagi qanday bo‘ladi? Biznesning moliyaviy barqarorligini qanday ta’minlash mumkin? Ushbu savollarga javoblarni mazkur materialda topasiz.

