Kitob haqida
"Alyaska Sanders ishi" - shveytsariyalik yozuvchi Joel Dikkerning yangi romani bo‘lib, unda o‘quvchi "Garri Kvebert ishi haqidagi haqiqat" bestselleridagi allaqachon tanish qahramonlar bilan uchrashadi. Detektiv syujet markazida yana bir bor Nyu-Xempshir shtatidagi kichik shaharchaning farovon hayotini ostin-ustun qilgan shov-shuvli qotillik turibdi. O‘rmondagi ko‘l bo‘yida yosh qizning jasadi topildi. Serjant Perri Gexalovud ishga kirishadi va bir necha kundan so‘ng tergov yakunlanadi: gumondorlar qotillikni tan olishadi. Ammo o‘n bir yildan so‘ng serjantga anonim xat keladi va xatolik yuz bergani ma’lum bo‘ladi. Yozuvchi Markus Goldman bilan birgalikda ular haqiqiy jinoyatchini topish va shu bilan birga o‘tmishdagi arvohlari bilan yuzma-yuz kelish uchun ishni qaytadan ochadilar.

