"Alpha Girls" kitobida mukofotlarga sazovor bo‘lgan jurnalist Julian Gatri o‘quvchilarni iqtisodiyotni o‘zgartiruvchi va hayot tarzimizni shakllantiruvchi soha — venchur kapitali olamining parda ortidagi jarayonlari bilan tanishtiradi. Biz shu paytgacha tarix sahifalaridan deyarli chetda qolib kelgan to‘rt nafar ayolning hayoti va faoliyatini kuzatamiz.
Turkiyadan Amerikaga bor-yo‘g‘i 43 dollar bilan kelgan Magdalena Yesil keyinchalik Stenfordda elektrotexnika bo‘yicha diplom oldi, internetga ulanish xizmatini tijoratlashtirgan ilk kompaniyalarga asos soldi hamda Mark Benioffga Salesforce kompaniyasini barpo etishda ko‘maklashdi. Meri Jeyn Elmor esa Indiana shtatidagi makkajo‘xori dalalaridan Stenfordga, u yerdan esa venchur kapitali sohasidagi nufuzli IVP firmasiga yo‘l oldi va AQShda bu sohada faoliyat yuritgan ilk ayollardan biriga aylandi.

