Aloe Vera Cleansing Mousse kundalik yuz parvarishi uchun mo’ljallangan. Yumshoq ko’pik yuzdagi kir, ortiqcha yog’ va makiyaj qoldiqlarini chuqur tozalaydi, terini quritmaydi va tabiiy namligini saqlashga yordam beradi.
Aloe Vera ekstrakti terini tinchlantiradi, namlaydi va mayinlashtiradi. O’rnatilgan silikon cho’tkacha yuzni muloyim massaj qilib, teshikchalarni yaxshiroq tozalashga yordam beradi va teriga sog’lom hamda yangi ko’rinish beradi.
Afzalliklari:
Yuzni chuqur va samarali tozalaydi;
Makiyaj va kirlarni oson ketkazadi;
Aloe Vera ekstrakti bilan boyitilgan;
Terini namlaydi va tinchlantiradi;
Yumshoq silikon cho’tkacha bilan;
Har kuni foydalanish uchun mos;
Barcha teri turlari uchun;

