
⚠️ Muhim eslatma!
Hurmatli xaridorlar!
Ushbu chexollarni o'zingiz o'rnatmasligingizni tavsiya qilamiz. To'g'ri va chiroyli natijaga erishish uchun chexolni avto chexol o'rnatish ustalariga (ustanovkachi) o'rnattiring.
Noto'g'ri o'rnatilgan chexol mashinaga tushmayotgandek yoki yaxshi turmayotgandek ko'rinishi mumkin. Professional o'rnatilganda esa chexol avtomobil o'rindig'iga to'liq mos tushadi va estetik ko'rinishga ega bo'ladi.
Sizning qulayligingiz va mahsulotdan maksimal darajada mamnun bo'lishingiz uchun professional o'rnatishni tavsiya qilamiz.
DIAMOND Flex — o‘zgaruvchan markazli premium avtomobil nakidkasi
DIAMOND Flex — bu zamonaviy va premium dizayndagi avtomobil o‘rindiq chexoli bo‘lib, uning eng asosiy afzalligi — o‘rta qismi almashtiriladi. Siz xohishingizga qarab klassik yumshoq dizayn yoki massajli boncukli variantdan foydalanishingiz mumkin.
Nakidka:
old va orqa o‘rindiqlar uchun mos
premium eko charm materialdan tayyorlangan
yumshoq va qulay
salon ko‘rinishini yanada chiroyli qiladi
o‘rta qismi yechiluvchi va almashtiriluvchi
barcha fasllarda foydalanish uchun qulay
Qizil kantli sport dizayni avtomobil saloniga premium va agressiv ko‘rinish beradi.
Afzalliklari:
✔ O‘zgaruvchan markaz dizayni
✔ 2 xil foydalanish usuli
✔ Massajli variant mavjud
✔ Oson o‘rnatiladi
✔ Universal model
✔ Nafis va premium ko‘rinish
✔ Oldi va orqa o‘rindiqlar uchun

